OAV: Abramovich Slutskiyga “Chelsi”da ish taklif qilmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi egasi Roman Abramovich kuni-kecha “Xall Siti”dan bo‘shatilgan rossiyalik murabbiy Leonid Slutskiyga klub rahbariyatidan joy taklif qilmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Slutskiy klubdan noyabrda Maykl Emenalo ketgandan keyin bo‘sh qolayotgan texnik direktor lavozimiga da'vogarlik qilmoqda.
“Xall Siti” va Slutskiy o‘rtasida shartnomaning bekor qilinishi ikki tomon roziligi bilan amalga oshirilgan. Hozirda klub 20 ta o‘yinda 19 ochko to‘plab, chempionshipning musobaqa jadvalida 24 jamoa ichida 20-o‘rinni egallamoqda. Slutskiy klubga joriy mavsum boshida murabbiy etib tayinlangandi.
Avgustda Slutskiy intervyularidan birida Abramovichning unga Angliyada ko‘rsatgan yordami haqida gapirib o‘tgandi.
“Roman Arkadevich menga juda katta yordam berdi, biroq bu yordam o‘qishdan o‘tishim kabi ko‘proq maishiy narsalar bilan bog‘liq bo‘ldi: men bu vaqt davomida “Chelsi” mehmonxonasida yashadim. Klub menga nafaqat o‘z o‘yinlari, balki men tanlagan har qanday o‘yin uchun chiptalar olishda yordam berdi. Bu juda professional tashkil etilgandi. Menga yangi mamlakatda, yangi sharoitlarga moslashishda ko‘rsatilgan yordam uchun juda minnatdorman”, deb aytgandi Slutskiy.
Mavzuga oid
11:45 / 27.12.2024
Holand penaltidan ham gol urolmadi, «Chelsi» kambek qurboni. APLda Boxing day
20:50 / 14.12.2024
Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi
10:38 / 09.12.2024
Yevropada kambeklar kuni. «Chelsi» himoyachisi raqibga gollar sovg‘a qildi va butsasini tashlab yubordi
13:34 / 11.11.2024