Pentagon kassetali bombalardan voz kechmaydigan bo‘ldi
Pentagon o‘zida zarurat tug‘ilganda kassetali bombalarni qo‘llash huquqini qoldirib, ularni yo‘q qilishni to‘xtatadi, deb xabar bermoqda Jane's 360 nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, amerikalik harbiylar kassetali bombalarni Pentagon ularning o‘rniga muqobil qurol topmaguncha qo‘llashni davom ettiradilar.
Kassetali o‘qdorilar bo‘yicha 2008 yilda tayyorlangan konvensiya ayni vaqtda 100 ga yaqin davlat tomondan ratifikatsiya qilingan. Ushbu kelishuvda 10 yil ichida kassetali qurolni yo‘q qilish ko‘zda tutilgan.
Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiya va AQSh rasman bu konvensiyaga qo‘shilmagan. AQSh kassetali bombalarni o‘z tashabbusi bilan yo‘q qilishni boshlagan va rejaga ko‘ra, bu qurol turidan 2019 yilgacha to‘liq xalos bo‘lishi kerak edi.
Kassetali bomba o‘zida o‘nlab kichikroq bombalarni saqlovchi snaryad-konteyner hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024