Jahon | 20:35 / 05.12.2017
22845
2 daqiqa o‘qiladi

Tomlar bo‘ylab qochayotgan Saakashvili memga aylandi

Foto: Reuters

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina maxsus xizmatlaridan qochishga urinib uyining tomiga chiqib olgani memlarga aylandi. 

Kiyev markazida namoyishlar tashkillashtirgan va Ukraina prezidenti impichmentini talab qilayotgan siyosatchi maxsus xizmatlardan qochib, 8 qavatli uyning tomiga chiqib olgan va pastga sakrash bilan tahdid qilgan. Biroq u ushlangan. Saakashvilining ushlanishi videosi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hazil-mutoyibalariga sabab bo‘ldi. 

Ba'zi foydalanuvchilarga ushbu videoga “Benni Xill shousi” komedik dasturining musiqasi ideal to‘g‘ri keladigandek tuyulgan.  

Tom bo‘ylab qochmoqchi bo‘lgan Saakashvili kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarga ham qiyoslandi. Bir vaqtlar dunyoning eng qudratli narkobaroni hisoblangan Eskobar 1993 yilda Medelinda maxsus xizmatlardan tomlar bo‘ylab qochish vaqtida mergan tomondan otib o‘ldirilgan. 

Biroq ko‘p hazillar “tomda yashovchi Karlson” bilan bog‘landi.

Saakashvilini qo‘lga olishda Ukraina xavfsizlik xizmatining 10 dan ko‘proq xodimi ishtirok etdi. 5 dekabrda ular Saakashvilining uyiga tintuv o‘tkazgani kelishganda, siyosatchi qochib, uyi tomiga chiqib olgan. Keyinroq Saakashvili ushlanib, olib ketilmoqchi bo‘lganda, uning tarafdorlari u o‘tqazilgan avtomobilni to‘sib olib, uning ozod qilinishiga erishishgan. Shundan keyin Saakashvili tarafdorlari bilan birga Oliy rada binosi tomon yo‘l olgan.

Mavzuga oid