Jahon | 21:40 / 05.12.2017
19225
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh prokurori Saakashviliga 24 soat muhlat berdi

Foto: Reuters

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Mixail Saakashviliga u ko‘ngilli ravishda Ukraina Xavfsizlik xizmatiga taslim bo‘lishi uchun 24 soat muhlat berdi. Siyosatchi rasman qidiruvda ekani e'lon qilingan. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Aks holda huquq tartibot organlari xodimlari tegishli tartibda jazo belgilashi aytilgan.

«24 soatdan keyin Ukraina huquq tartibot organlari Saakashvili tergovga, keyin sudga kelishi uchun barcha zarur choralarni ko‘radi», — degan Oliy Radada chiqish qilgan Lutsenko.

Bugun, 5 dekabr kuni kuch tuzilmalari vakillari uning uyida tintuv o‘tkazdi va ushlab ketishga urindi. Ammo to‘plangan olomon siyosatchini ularning qo‘lidan ozod etdi.

Shundan so‘ng Saakashvili ularga boshchilik qilib Rada binosi oldiga bordi va miting tashkil etdi.

Mavzuga oid