Jahon | 21:35 / 09.12.2017
11303
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 30 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi  

Foto: Getty Images

Afg‘onistonning shimolidagi Qunduz viloyatida maxsus kuchlarning operatsiyasi davomida kamida 31 jangari, shu jumladan xorijliklar yo‘q qilindi, 17 nafar jangari yaralandi. Bu haqda harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Khaama Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

209-armiya korpusi “Shaxin” vakilining aytishicha, operatsiya 8 dekabr kechki payt Imom Sohib tumani atrofida o‘tkazilgan. Axborot agentligining ta'kidlashicha, yo‘q qilingan jangarilar orasida 4 nafar dala qo‘mondoni va 2 nafar tojikistonlik bo‘lgan.

Tinch aholi orasida jabrlanganlar bo‘lgani haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid