Jahon | 18:24 / 09.12.2017
17494
1 daqiqa o‘qiladi

Armiya jalb etildi. Isroil va Falastin chegarasidagi to‘qnashuvlar keskinlashdi 

Foto: Mussa Qawasma

Isroil va Falastin chegarasida norozilik namoyishi ishtirokchilarining harbiy xizmatchilar bilan to‘qnashuvlari boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Xabar qilinishicha, norozilik namoyishi qatnashchilari pokrishkalarni yoqib yuborishgan va yo‘lni to‘sib qo‘yishga urinishdi, biroq Isroil tomonidan zirhli avtomobillarga yetib kelgan askarlar ularga qarshi shovqin granatalari va gazli granatalarni qo‘llay boshlashdi, ulardan bittasi esa jurnalistlar guruhiga kelib tekkan. 

Kutilishicha, Falastin poytaxtidagi miting yakunlanganidan so‘ng to‘qnashuv joyiga «Jabhat Shabi» partiyasi faollari keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin juma kungi hodisalar bo‘yicha bayonot berdi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i, G‘azo sektori va al-Qudsning turli tumanlaridagi norozilik namoyishlari vaqtida 1,1 ming kishi jabrlandi.

Mavzuga oid