Windows uchun aniqlab bo‘lmaydigan virus dasturi yaratildi
EnSilo kompaniyasi xodimlari kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Black Hat Europe 2017
anjumanida barcha antivirus dasturlarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi yangi usulni taqdim qildi. Bu haqda Techspot nashri xabar bermoqda.
Bu usulda antivirus dasturlari kompyuter hujumga uchrayotganini aniqlay olmaydi. Dastur kodi diskda saqlanmaydi, u doimiy ravishda tezkor xotirada saqlanadi.
Process Doppelganging deb atalgan dastur quyidagicha ishlaydi: u ishga tushirilgan dastur kodini virus dasturi kodiga almashtirib qo‘yadi. Ta'kidlanishicha, bu virus yordamida brauzerning oynalarini soxtasiga almashtirib, foydalanuvchilarning parollarini o‘g‘irlash mumkin.
Virus mualliflarining aytishlaricha, dastur Windows 7 SP1, Windows 8 va Windows 10 operatsion tizimlarida ishlay oladi.
Dekabr boshida internet bo‘yicha anjumanda antivirus dasturlarini ishlab chiqaruvchi “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi rahbari Yevgeniy Kasperskiy 2017 yilda 90 mln ta yangi virus dasturi yaratilganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, har kuni taxminan 300 mingga yaqin yangi virus dasturi qayd qilinadi.
Mavzuga oid
12:47 / 24.07.2024
“Bizda litsenziyali dastur ishlatadiganlar kam” - Windows'dagi uzilish nega O‘zbekistonni chetlab o‘tdi?
11:48 / 22.07.2024
Microsoft: Windows ishdan chiqishi 8,5 mln qurilmaga ta’sir qildi
09:31 / 22.07.2024
Windows’dagi nosozlikdan zarar ko‘rgan qurilmalar qayta ishlashni boshladi
11:55 / 20.07.2024