Jahon | 12:47 / 11.12.2017
16522
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Abdulqodir Masharipov ustidan sud eshituvlari boshlanadi

Foto: aa.com.tr

Turkiyada 2016 yil 31 dekabr kuni Istanbuldagi tungi klublardan birida sodir etilgan teraktbo‘yicha sud jarayoni boshlanadi. O‘rtako‘y tumanidagi Reina klubida sodir etilgan qo‘poruvchilik oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 122 odam, shu jumladan 60 xorijlik jabrlangan edi. Sud majlisi Istanbulning 27-sudida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi. 

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha 57 kishi qatnashmoqda. Shundan 51 kishi, xususan terakt ijrochisi, o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov ayblanuvchilar kursisida. 

Istanbul bosh prokuraturasi terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi prokurori Ko‘kalp Kekchu nazoratida olib borilgan tergovdan so‘ng, 90 sahifalik ayblov xulosasi sudga havola qilingan. 

Xabarlarga ko‘ra, prokuratura Masharipovni 40 ta umrbod qamoq jazosiga hukm etishni va jazoni qattiq tartibli qamoqxonada o‘tashni so‘ramoqda. Masharipov tergov vaqtida IShIDga aloqadorligini tasdiqlagan va Reina klubidagi teraktga qadar boshqa qo‘poruvchiliklarda ishtirok etmaganini aytgan. 

Masharipov, shuningdek xotini va bolalari bilan Suriyaga ketishni rejalashtirganini, ammo chegara yopilgani sababli Istanbulda qolib ketishga to‘g‘ri kelganini aytgan. 

Mavzuga oid