O‘zbekiston | 12:29 / 16.12.2017
14195
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ittifoqi xodimi tarix muzeyiga direktor etib tayinlandi

Foto: Kruz.uz

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal'a tumani Kengashi tomonidan ta'lim muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassis, "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Dilshod Jumaniyazov Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyiga direktor etib tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, D.Jumaniyazov Yoshlar ittifoqi tizimida shu yilning avgust oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma'lumot o‘rnida: Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyi 1989 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi filiali sifatida tashkil qilingan. 1994 yilda Ellikqal'a o‘lkashunoslik muzeyiga aylantirilgan. 2007 yilda buyuk rus olimi, professor S.P.Tolstovning 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda jahon va O‘zbekiston tarixchilarining taklifiga binoan muzeyga S.P.Tolstov nomi berilgan. Bugungi kunda muzeydan 3300dan ziyod eksponat joy olgan.

Mavzuga oid