Jamiyat | 16:12 / 18.12.2017
33899
4 daqiqa o‘qiladi

1 mlrd dollar. Dunyodagi eng qimmat elchixona qanday ko‘rinishga ega?

AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vudi Jonson keng ommaga dunyodagi eng qimmat elchixonani namoyish etdi. Amerika diplomatik missiyasi yangi binosining qurilishi 1 milliard dollarga tushdi (hozirgi kurs bo‘yicha 8 089 961 677 000 so‘m).

Foto: AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vudi Jonson/PA

Londondagi AQSh elchixonasi dunyoning eng qimmat elchixonasi hisoblanadi. Bundan tashqari, yangi bino eng zamonaviy xavfsizlik tizimlariga ham ega.

Foto: PA

Bino London janubida joylashgan. Diplomatik missiyaning ochilish marosimi fevral oyida bo‘lib o‘tadi, o‘shanda AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga tashrif bilan keladi.

Elchi Jonsonning aytishicha, yangi bino Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi do‘stlik ramzi hisoblanadi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Shu tariqa, davlatlar bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan ham kuchli ekanini namoyish qilishni xohlashmoqda.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

1960 yildan beri AQSh elchixonasi Grosvenor maydonida joylashgan. Eski binoni ta'mirlash qimmatga tushgan bo‘lardi, shu sababdan yangisini qurish haqida qaror qabul qilindi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Yangi bino eskisidan zamonaviy loyihalashtirish hamda avvalgisidan ikki barobarga katta bo‘lgan maydon bilan farq qiladi.

Foto: PA

Yangi binoning maydoni - 48 ming kvadrat metr, eski binoniki - 21 ming. Yangi diplomatik missiyasining uch qavati esa yer ostida joylashgan. Hammasi bo‘lib - 12 qavat.

Foto: AP

Temza daryosining janubiy sohilida yangi elchixonaning qurilishi uchun AQShning mashhur me'morchilik firmasi Kieran Timberlake tanlandi.

Diplomatik loyiha ustida ishlash huquqi uchun esa bir necha firma kurash olib bordi.

Foto: AP

Yangi diplomatik missiyani ishlab chiqishga to‘rt yil talab etildi. Grosvenor-skverdagi eski bino sotiladi hamda mehmonxonaga aylantiriladi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Ushbu diplomatik missiya AQSh tomonidan qachonlardir qurilgan eng qimmat elchixona binosi hisoblanadi. Kobul va Bag‘doddagi missiyalar biroz arzonroqqa tushgan.

Foto: PA

Elchixonani qurish uchun mablag‘lar Qo‘shma Shtatlar hukumatining Buyuk Britaniyadagi boshqa aktivlarini sotish evaziga olindi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

12 qavatli bino o‘zining suv ta'minoti tizimiga ega.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Ekologik nuqtai nazardan bino o‘zini-o‘zi «eplaydi». Uning o‘zi energiya ishlab chiqaradi va uzoq vaqt davomida tarmoqsiz ishlay oladi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Binoning old qismi quyosh nurini energiyaga aylantira oladigan yengil plastik «yelkanlar» bilan jihozlangan.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Bundan tashqari, «yelkanlar» binoni juda qizib ketishidan ham himoya qiladi.

Foto: AP

Elchixonada oltita ichki va tashqi bog‘ bor. Ularning har biri Qo‘shma Shtatlarning ma'lum bir mintaqasiga o‘xshaydi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Bu Kanonlends, Potomak daryosi vodiysi, Meksika ko‘rfazi qirg‘og‘i, O‘rta G‘arb, Tinch okeani sohili va O‘rta Atlantika.

Foto: AP

Binoning shishali old qismi AQShning asosiy demokratik qadriyatlarini - shaffoflik, oshkoralik va tenglikni bildirib turadi. 

Foto: PA

Kieran Timberlake loyihasi atrof-muhitning barcha omillari va xavfsizlik masalalarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.

Foto: arcaidimages.com/ Richard Bryant

Mavzuga oid