BMT Qrim tufayli Rossiyani «istilochi derjava» deb tan oldi, O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaning Qrimdagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, yarimorolda noqonuniy ravishda «Rossiya Federatsiyasi qonunlari, yurisdiksiyasi va boshqaruvi» o‘rnatilgani haqidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyada Rossiya Ukraina hududini - Qrim va Sevastopolni bosib olgani qoralangan, Rossiya «istilochi derjava» deb atalgan. Ukrainaning BMTdagi maxsus missiyasi tvitterida ovoz berish natijalari e'lon qilingan.
🔴VAJLIVO: Genasambleya OON uxvalila 🇺🇦 rezolyutsіyu shchodo situatsіyi z pravami lyudini v timchasovo okupovanix AR Krim і m.Sevastopol (Ukrayina), vnesenu za іnіtsіativi Prezidenta P.O.Poroshenka і pіdtrimanu 40+ spіvavtorami. ✅Za – 70 ⛔️Proti – 26 #️⃣Utrimalisya – 76 pic.twitter.com/5O3L018kQg
— UKR Mission to UN (@UKRinUN) December 19, 2017
Rossiyaga qator tavsiyalar tilga olingan hujjat Bosh Assambleyaning ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo‘yicha uchinchi qo‘mitasiga oktabr oyi oxirida 30 davlat hammuallifligida Ukraina delegatsiyasi tomonidan topshirilgandi.
Ushbu hujjat, xususan, «Qrim-tatar xalqi majlisi» tashkilotini taqiqlashni bekor qilish hamda ukrain va qrim-tatar tillarida ta'lim olishni ta'minlash kabi talablarni nazarda tutadi.
«Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahridagi inson huquqlari sohasi bo‘yicha holat» hujjat «vaqtinchalik bosib olingan Qrim aholisiga nisbatan kamsituvchi choralar va inson huquqlarining buzilishini qoralaydi».
Rezolyutsiyani 70 davlat qo‘llab-quvvatladi, 26 mamlakat unga qarshi chiqdi, 76 davlat esa betaraf qoldi.
O‘zbekiston ham Rossiya, Xitoy, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Boliviya, Tojikiston, JAR, Serbiya, Kuba va boshqa mamlakatlar qatori rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan.
Loyihani yoqlab ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari va AQSh ovoz berdi.
Qrim 2014 yil martidan Rossiya tarkibiga kirgan. Rossiya tomoni bu qrimliklarning xohish-irodasi aks etgan referendum natijalari asosida ro‘y berganini iddao etadi. Rasmiy Kiyev esa Rossiyani o‘z hududini egallab olishda ayblab keladi. Yevropa Ittifoqi va AQSh ham referendum natijalarini tan olmaydi va bu qo‘shib olish xalqaro huquq normalariga zid ekani tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llab keladi.
Mavzuga oid
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
22:45 / 09.10.2024
«Tsisternalar portlashni boshlaydi». Qrimdagi yirik neft bazasida boshlangan yong‘inni 3 kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
15:53 / 10.09.2024