Yerning 2017 yilgi eng ajoyib aerofotosuratlari
Yerda, shubhasiz, ko‘plab ajoyib manzaralarning guvohi bo‘lamiz. Biroq bu faqat bir tomonlama qarashdir. Samoga ko‘tariling - va siz Yerni mutlaqo boshqacha ko‘ra boshlaysiz. Reuters suratkashlari 2017 yilda samodan turib olingan Yerning eng ajoyib suratlarini taqdim etishdi.
Velosipedlar Shanxaydagi veloturargohda kamalak misoli qatorlashib turibdi.
Braziliya Atrof-muhit va qayta tiklanuvchi resurslar instituti xodimlari daraxtlarni noqonuniy kesishga qarshi kurash doirasida Amazonas shtatidagi o‘rmonga o‘t qo‘yishdi.
Greyder (kanal qazishga mo‘ljallangan mashina) Sognefelle tog‘i orqali Krossbyu tomon eltuvchi yo‘lni tozalashga harakat qilmoqda, Norvegiya.
Rio-de-Janeyro aholisi va sayyohlar yozgi mavsumda Barra-da-Tijuka plyajida cho‘milishmoqda.
Muzlagan Vanxankaupunginlaxti ko‘lida muz-arg‘imchoq tasviri, Xelsinki.
Smog Xitoydagi Tyantszin shahrini qoplab olmoqda.
Deyarli 2000 kishi Epekuye ko‘lida bir chiziq bo‘ylab tizilib cho‘milmoqda. Bu qo‘lni qo‘lga berib, suvda harakatlanayotgan odamlar soni bo‘yicha Ginnesning yangi jahon rekordi, Argentina.
Kanpurdagi Gang daryosining ifloslangan suvlari, Hindiston.
Black Rock City 70 ming kishini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi, ularning bari har yili Nevadada o‘tkaziladigan Burning Man festivaliga tashrif buyurgan.
"Irma" dovuli qirg‘oqlarga yopirilib kelgandan keyin topilgan cho‘kkan qayiq.
Binolar va qurilish maydonlari Jichjaodagi tuman orasida, Shandun provinsiyasi, Xitoy.
Yeniseydagi mashg‘ulotlar davomida yosh dengizchilar murabbiy qayig‘i atrofida to‘planishdi.
Guyan nomli yangi dahadagi yo‘l bo‘yida olchalar gulladi, Guychjou provinsiyasi, Xitoy.
Kvinslendning yovvoyi tumanlarida qum tepaliklari orasidan daryolar o‘tmoqda, Avstraliya.
Italiyalik karabinerlar har yili o‘tkaziladigan ot poygasi - Siyena Palio oldidan paradda.
Mavzuga oid
22:22 / 11.03.2024
O‘zbekiston yer sathi eng ko‘p cho‘kib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiritildi
12:11 / 02.08.2023
Yerning bir yillik tabiiy resurslari shartli zaxirasi 7 oyda tugadi
14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
22:24 / 02.06.2023