5 ta davlat dunyo taqdirini hal qilishga haqli emas – Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMTning strukturasini isloh qilishga chaqirdi.
“BMT Xavfsizlik kengashining 5 doimiy a'zosi dunyo taqdirini hal qilishga haqli emas. Boz ustiga, dunyoni bitta davlat boshqarishga umuman haqlimas”, deb aytgan Erdo‘g‘an Anqarada.
Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasida Al-Quds bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyaga e'tiborni qaratdi.
Uning aytishicha, Turkiya oxirgi ongacha bu rezolyutsiya deyarli 190 ta davlat tomondan qo‘llab-quvvatlanishini kutgan, biroq vaziyatga Oq uy aralashib, rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlarga moliyaviy yordamni to‘xtatish bilan tahdid qilgan. “Qachondan beri odamlar istagi, davlatlar fikri sotib olinadigan bo‘ldi? Demokratiya tamoyillari xalqlar istagi bilan manipulyatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Aksincha o‘ylaydigan barcha mag‘lubiyatga uchraydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
18:22
BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi
10:30
BMT: Rossiya ukrainalik asirlarni shafqatsiz qiynoqlarga duchor qilmoqda
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
13:30 / 30.09.2024