Fan-texnika | 17:30 / 26.12.2017
15655
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShni YaIM hajmi bo‘yicha qachon ortda qoldirishi aytildi

Foto: Reuters

Xitoy iqtisodiyoti hajmi AQSh YaIMdan 2032 yilda oshib ketishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» Iqtisodiy va ishbilarmonlik tadqiqotlari markazi ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kutilishicha, 2017 yilda Hindiston iqtisodiyotining kattaligi bo‘yicha jahondagi to‘rtinchi mamlakatga aylanib, Buyuk Britaniya va Fransiyani ortda qoldiradi. 21 asrning ikkinchi yarmida esa Hindiston jahonning eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatiga aylanishi mumkin.

Shuningdek mutaxassislarning ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya hamda Indoneziya 25 yildan so‘ng jahonning eng yirik iqtisodiyotga ega o‘nta davlati qatoridan joy oladi.

Mavzuga oid