Jahon | 17:10 / 28.12.2017
15970
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Dunyodagi eng baland Lego minorasining qurilishi
Isroil poytaxti Tel-Avivda Lego bolalar konstruktoridan dunyodagi eng baland «minora» qurildi, uning uchun 500 mingdan ortiq detallar talab etildi. Bu haqdagi video YouTube’da e'lon qilingan.
«Minora»ning balandligi deyarli 36 metrni tashkil etdi, bu esa 12 qavatli uy bilan barobar degani. Minora quruvchilari o‘tgan yili Germaniyada o‘rnatilgan 35,47 metrlik avvalgi rekordni yangilashdi.
Loyiha Tel-Aviv munitsipaliteti tomonidan tashkillashtirildi, u Lego’ning katta ishqibozi, sakkiz yoshida saraton tufayli hayotdan ko‘z yumgan Omer Sayaguga bag‘ishlandi. Minorani qurishda minglab mahalliy fuqarolar qatnashgan.
Mavzuga oid
22:07 / 27.09.2024
Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» qarorgohiga zarba berdi
16:36 / 27.09.2024
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
20:47 / 26.09.2024
AQSh va ittifoqchilar Isroil va «Hizbulloh»ni urushni to‘xtatishga chaqirdi. Netanyahu zarba yo‘llashda davom etishni buyurdi
12:03 / 26.09.2024