Jahon | 11:47 / 30.12.2017
14363
1 daqiqa o‘qiladi

«Biz kuzatmoqdamiz!» - Tramp Erondagi norozilik namoyishlariga izoh berdi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi hukumatga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlariga izoh berdi.

«Korrupsiya rejimi va xorijda terrorizmni moliyalashtirish maqsadida milliy boyliklarning talon-toroj etilishidan charchagan eronlik fuqarolarning tinch norozilik namoyishlari haqida ko‘plab xabarlar kelmoqda. Eron hukumati o‘z odamlari huquqlarini, jumladan erkin fikr bildirishga bo‘lgan huquqini hurmat qilishi kerak. Jahon bu vaziyatni kuzatib bormoqda!» - deya yozgan Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Avvalroq, qator OAV Eronning bir necha shaharlarida iqtisodiyot siyosatga qarshi qaratilgan norozilik namoyishlari o‘tkazilayotgani haqida xabar tarqatgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Isroil va AQSh Oq uydagi maxfiy uchrashuv davomida Eronni «bosib turish» bo‘yicha qo‘shma strategik dasturni ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid