Andijondagi “O’zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazida bayram sayillari bo‘lib o‘tdi
Andijon shahrining ramzlaridan biriga aylanishga ulgurgan “O’zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi bayram kunlarida shaharliklar va viloyat ahliga xizmat ko‘rsatish uchun o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rdi.
Shaharga tashrif buyurgan har qanday mehmon, farzandlari bilan, albatta, bayramona bezatilgan “O’zbegim” savdo va ko‘ngilochar markaziga tashrif buyurishi aniq.
Maskan oldidagi maydonda vodiydagi eng baland 30 metrlik rango-rang bezatilgan archa qad ko‘targan bo‘lib, uning atrofida qorbobo va qorqiz, o‘zbek xalq ertaklari qahramonlari bolajonlarga xizmat qilayotir.
Oqshom tushganida andijonlik san'atkorlar tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etilib, muhtasham archa atrofida xalq sayillari o‘tkazilmoqda.
Mazkur inshootda barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan holda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi tashkil qilingan.
“O’zbegim”da yuqori saviyada xizmat ko‘rsatuvchi turli restoran va kafelar, eng oxirgi texnologiya asosida kinoteatr zallari, zamonaviy bolalar o‘yingohi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy buyumlar savdo majmualari mijozlar xizmatida.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024