AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi rejasi ma'lum
AQSh 2018 yilda Afg‘onistonda “Tolibon” radikal harakatiga qarshi amaliyotlar, afg‘on harbiylarini o‘qitish va mamlakatdagi harbiy harakatlar yo‘nalishini koalitsiya tomonga o‘zgartirishga katta e'tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi CENTCOM (AQSh Markaziy qo‘mondonligi) qo‘mondoni general Jozef Votelga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, "AQSh hujum shaklidagi amaliyotlarga e'tibor qaratmoqchi". "Biz sa'y-harakatlarni yanada kuchaytirishga urinamiz, bu jangovar harakatlarning keyingi davri uchun vaqt kelganida, tashabbusni tezda qo‘lga olish uchun kerak", - deya ma'lum qildi Votel.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston qurolli kuchlariga “bosimni doimiy ravishda oshirib borish lozim”. Bunga AQShdan mamlakatga yangi harbiy yo‘riqchilarning kelishi ham yordam berishi mumkin, ular afg‘on qurolli kuchlari bo‘linmalari bilan birgalikda harakat qiladi va front chizig‘iga yaqin joyda bo‘ladi, deya ta'kidlab o‘tdi CENTCOM rahbari.
Votelning ma'lum qilishicha, koalitsiya Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarini kuchaytirgach va xavfsizlik kuchlari vakillarini o‘qitib bo‘lgach, afg‘onistonliklar yaxshiroq jang qila boshlaydi. "Bu paytga kelib, ular keyingi jangga kirishganlarida, ancha kuchli hujum salohiyatini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi", - deya generalning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024