Samarqandda sayyohlar uchun yangi avtobus ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
Samarqand avtomobil zavodida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zavtosanoat” Aktsiyadorlik kompaniyasi hamkorligida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo‘ljallangan shahar ichki sayyohlik yo‘nalishlariga mo‘ljallangan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda konditsioner, televizor, Wi-Fi, mikrofon, audiotizim va ovoz karnaylari mavjud. Har bir o‘rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Bu avtobusda sayyohlar xordiq chiqarib, sayr qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Avtobusda videokamera ham o‘rnatilgan bo‘lib, u sayyohlar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.
Avtobusning umumiy yo‘lovchi sig‘imdorligi 44 kishini tashkil qiladi. O‘rindiqlar soni 29 ta. Uning to‘liq massasi 9,5 tonnani, maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024