Jahon | 11:40 / 04.01.2018
19737
2 daqiqa o‘qiladi

Toni Bler Trampni ogohlantirgan – OAV

Foto: AP

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilarini, Britaniya maxsus xizmatlari Qo‘shma Shtatlardagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida uning ortidan kuzatuv olib borishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu haqda The Telegraph nashri jurnalist Maykl Vulfning «Olov va g‘azab. Trampning Oq uyida» kitobiga tayangan holda yozmoqda.

Kitobga ko‘ra, sobiq bosh vazir Trampning kuyovi Jared Kushnerga bu boradagi «kutilmagan mish-mishni» o‘tgan yilning fevralida aytgan.

Blerning taxminicha, Britaniya «Tramp jamoasining xodimlari, uning telefon qo‘ng‘iroqlari va boshqa xabarlari hamda, hattoki, Trampning o‘zini ham kuzatuvga olgan bo‘lishi mumkin».

Nashrning ta'kidlashicha, Bler vakili barcha ayblovlarni rad etib, ularni «butunlay soxtalashtirilgan» deya atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mediamagnat Rupert Merdok AQSh prezidenti Donald Trampni «ovsar» deb atagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid