Toshkent viloyati prokurori va IIB boshlig‘i ishdan olindi
5 yanvar kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan.
Shu tariqa, viloyat prokurori Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov lavozimidan ozod etilgan. Ulug‘bek Sunnatov 2017 yil kuzida paxta mavsumida qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yilgani ortidan ishdan bo‘shatilgan Jamshid Fayziyev o‘rnida ish boshlagandi. Sunnatov 2014 yildan 2017 yil kuziga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lgandi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Saidkarim Nishonboyev ishdan olingan. Saidkarim Nishonboyev 2016 yilning sentabridan 2017 yil martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, o‘tgan yilning 5 martidan Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimi sifatida ish boshlagandi.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu ikki rahbarning ishdan olinishi berilgan vazifalar bajarilmagani bilan izohlangan.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024