O‘zbekiston | 23:00 / 10.01.2018
116546
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident raisligida o‘tkazilgan majlisda Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev hamda boshqa vazirlik va idoralarning rahbarlari qatnashdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini isloh qilish va rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan bu majlisda Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi.

«Qurolli Kuchlarimiz barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan haqiqiy mardlik va yuksak vatanparvarlik maktabiga aylanishiga erishishimiz zarur», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilgani ta'kidlangan.

Prezident bundan buyon bir yilda kamida 4 marta qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkazilishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid