Jahon | 15:10 / 10.01.2018
16380
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning qator mashhur biznesmenlari Malta fuqaroligini olishdi

Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi asoschilaridan biri Arkadiy Voloj va rossiyalik boshqa tadbirkorlar Malta fuqarolari bo‘lishdi. Bu haqda RBK Malta hukumatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

 

 Arkadiy Voloj
Foto: «Kommersant'»

Agentlik Malta fuqaroligini olganlar ro‘yxatida Arkadiy Voloj va uning oila a'zolari, O1 Properties investitsiya kompaniyasi xo‘jayini Boris Mints, ICT Holding Ltd egalaridan biri Aleksandr Nesis va uning yaqinlarining ism-shariflari borligini aniqlagan. 

Boris Mints
Foto: RBK

«Yandeks»ning RBKga izoh berishicha, Malta pasporti Volojga vizasiz tartibda xizmat safarlarini amalga oshirish imkonini beradi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, tadbirkor Rossiya fuqarosi bo‘lib qoladi. 

Malta fuqaroligini olganlar ro‘yxatida, shuningdek «Kasperskiy laboratoriyasi» top menejyerlari, Beluga Group xoldingi egalaridan biri Aleksandr Mechetin, Rossiyaning yirik yer mulkdorlaridan biri Igor Xudokormov, «Alfa-bank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Marey va boshqa tadbirkorlar nomi ham bor. 

Rossiyalik biznesmenlar Malta pasportini «Investitsiya evaziga fuqarolik» dasturi asosida olishgan. Dastur doirasida belgilangan eng kam summa 880 ming yevroni tashkil etadi. 

Mavzuga oid