Rossiyaning Suriyaga ketayotgan desant kemasi yuk kemasi bilan to‘qnashib ketgani ma'lum qilindi
2017 yil 30 dekabrida Egey dengizida Serra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan “Orka-2” yuk tashuvchi kemasi Rossiyaning “Yamal” desant kemasi bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Qora dengiz floti vakillarining ta'kidlashlaricha, to‘qnashuv Afrika kemasi aybi bilan yuz bergan. Jabrlanganlar bo‘lmagan, ikki kema ham manzil tomon suzishda davom etgan.
Biroq “Interfaks” axborot agentligi manbalarining ma'lum qilishicha, Rossiya kemasiga kichik talofat yetgan. Rossiya zararning qoplanishini talab qilmoqchi.
“Yamal” 23 dekabrda Qora dengizdagi bo‘g‘ozlar orqali Suriyaga yo‘l olgan. U bundan avval Suriyaga noyabrda yuk yetkazgan. Ma'lum qilinishicha, kema Hmeymim bazasidagi samolyotlar uchun o‘q-dori olib ketayotgan bo‘lgan va yanvar boshida u yerga yetib borgan.
Mavzuga oid
09:30
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
20:07 / 22.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:47 / 22.09.2024