Yerga qulagan meteoritlarda hayot manbai topildi
AQShning Berklisidagi Lourens nomli Milliy laboratoriya olimlari ikkita meteoritda suv va murakkab kimyoviy birikmalarni aniqladi. Sayyorashunoslar fikricha, topilma sayyoraga qulagan kosmik jismlar Yerda hayot boshlanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin ekanidan dalolat beradi. Tadqiqotchilar ishi Phys.org’da e'lon qilindi.
Mutaxassislar Yerga 1998 yilda qulagan meteoritlar ichidagi tosh tuz kristallari kimyoviy tarkibini o‘rganib chiqishdi. Rentgen suratlarini shuni ko‘rsatdiki, kristallar ichida tuz bilan to‘yingan suvli eritma va organik molekulalar bo‘lgan. Jumladan, Yerda muhim biologik o‘rin tutuvchi aminokislotalar, uning avvalgi variantlari, uglevorodlar va boshqa birikmalar borligi aniqlandi.
"Moviy tuz kristallari hajmi ikki millimetr bo‘lgan, ular hayot tug‘ilishi uchun yetarli organik birikmalar va elementlarning o‘ziga xos omboridir", - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Kuini Chan. Uning ta'kidlashicha, Yerdan tashqaridagi obektda shunday elementlar birikmasining borligi tarixda birinchi marta qayd etildi.
Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, meteoritlar kristallaridagi molekulalar taxminan 4,5 mlrd yil muqaddam noma'lum sharoitlarda sintezlangan. Taxminlarga ko‘ra, u Mars va Yupiter o‘rtasidagi asteroidlar belbog‘ida joylashgan Tserera mitti sayyorasida paydo bo‘lgan.
Olimning fikriga ko‘ra, ularning yangiligi ibtidoiy hayot Quyosh tizimining boshqa joylarida ham bo‘lganidan, shuningdek, asteroidlar va planetoidlar bo‘laklarida sayyorlar o‘rtasida harakatlanish imkoni borligidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:55 / 05.11.2024