«Barselona» Pike bilan shartnomani uzaytirdi. Unga juda katta tovon puli belgilandi
«Barselona» himoyachisi Jyerar Pike kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manab bergan xabarga ko‘ra, yangi bitim 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Futbolchining shartnomasini istalgan vaqtda buzish mumkin bo‘lgan tovon puli miqdori 500 mln yevro etib belgilandi.
Jyerar Pike «Barselona» tarbiyalanuvchi sanaladi. U 2004 yilda jamoani tark etib, «Manchester Yunayted» tarkibida borib qo‘shilgan va oradan to‘rt yil o‘tib, Kataloniyaga qaytgan va shundan buyon jamoa safida to‘p surib kelmoqda.
30 yoshli himoyachining hisobida kataloniyaliklar safida o‘tkazilgan 421 rasmiy uchrashuv bor. Bu davr mobaynida u «Barselona» uchun 36 gol va 8 golli uzatma muallifiga aylangan.
«Barselona» klubi rahbariyati yaqin kunlarda yangi shartnomaning barcha qog‘ozlariga qo‘l qo‘yish uchun maxsus matbuot anjumani tashkil qilishadi. Hozircha bu anjumanning aniq sanasi ma'lum emas.
Mavzuga oid
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024