O‘zbekiston | 16:00 / 23.01.2018
59448
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda dafn marosimlari bo‘lib o‘tdi

Foto: Facebook/Xushnudbek Xudayberdiyev

Bugun soat 05.40 da O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlar hoki bilan Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Marhumlar viloyat ishchi komissiyasi tomonidan yuqori darajada ko‘rilgan tashkiliy-chora tadbirlarga asosan viloyat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalarida tezkorlik bilan To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlaridagi motamsaro xonadonlarga yetkazib borildi.

Halokat qurbonlarining bir vaqtning o‘zida o‘qilgan janoza namozida aholi bilan bir qatorda viloyat va tumanlar rahbariyati, keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, bevaqt halok bo‘lgan yigitlar haqiga duoi fotiha qildi. 

Mavzuga oid