Buxoroda odamlar nega saksovulzorlarni kesishga majbur bo‘lishmoqda?
G‘ijduvon tumanidagi Gajdumak aholi punkti hududida, Buxoro — Toshkent magistral yo‘lining shundoq yoqasida har kuni saksovul, yulg‘un, o‘rik yog‘ochi ortilgan mashinalar turnaqator tiziladi. Qish-qirovli kun emasmi, ularning bozori chaqqon, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.
— Keling, saksovulni 800 ming so‘m, deb turibman, kami bor, — deydi avtomashina haydovchilaridan biri.
— Yulg‘un olaman desangiz, arzonlashtirib beraman, — deydi yana biri avtoulovga ishora qilib.
Yana biri esa qiziquvchanligimizdan xavotirlanib, “Aka, tirikchilik-da” degan ko‘yi o‘zini chetga tortadi.
Echkiga jon qayg‘usi, qassobga yog‘, deganlaricha bor. Shu yo‘l bilan tirikchilik qilayotganlar ona-tabiatga naqadar katta ziyon yetkazishayotganini o‘ylab ko‘risharmikan?! Axir, saksovul bilan yulg‘un cho‘lning asosiy o‘simliklaridan sanalishadi. Qum ko‘chkilarining oldini olishda, garmsel shashtini pasaytirishda, ekomuhitni yaxshilashda ularning xizmati beqiyos. Ammo buni xayoliga ham keltirmagan “shovvozlar” bir avtomashina saksovulni falon so‘mga pullash bilan ovora.
“Gajdumakda esa... tabiiy gaz yo‘q. To‘g‘ri, suyultirilgan gaz ta'minoti yo‘lga qo‘yilgan. Ammo u choy qaynatish, ovqat pishirishdan ortmaydi. Ko‘mir ta'minoti haminqadar. Shunday bo‘lgach, xonadon egalari yulg‘unu saksovul ortilgan mashina egalarining “beminnat” xizmatlaridan foydalanishga majburlar. Bunday oilalar soni esa kam emas. Mabodo, shu hududdagi aholi xonadonlari tabiiy gaz yoki energiyaning biror turi, qo‘yingki, arzon ko‘mir bilan muntazam ta'minlash yo‘lga qo‘yilganida, ortiqcha sarf-xarajat qilinmas, odamlarning tashvishi yengillashar, eng muhimi, bebaho cho‘l o‘simliklariga ziyon yetmas edi”, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024