Apple smartfonlar "sekinlashuvi"ni o‘chirish imkonini beruvchi yangi iOS versiya haqida e'lon qildi
Apple foydalanuvchilarga iPhone "sekinlashuvi" funksiyasini o‘chirish imkonini beruvchi yangi iOS versiyasi haqida e'lon qildi. Bu funksiya eski smartfonlar egalarining noroziliklariga sababchi bo‘lish bilan birga sud jarayonlarining mavzusiga aylangandi.
Kompaniya saytida ma'lum qilinishicha, yangi iOS 11.3 versiyasi 2018 yilning bahorida chiqadi, hozircha uning aniq sanasi keltirilmagan.
Apple'da ta'kidlanishicha, iOS 11.3'da smartfonlar egalariga akkumulyatorlar holatini kuzatish imkonini beruvchi va ularga xizmat ko‘rsatishga doir tavsiyalar beruvchi yangi funksiyalar paydo bo‘ladi. Mazkur funksiyaga iPhone 6 va undan keyingi smartfonlarda "Sozlamalar", "Akkumulyator" bo‘limi orqali kiriladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar iPhone "sekinlashuvi" funksiyasi yoqilgan yoki yo‘qligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024
Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
21:01 / 16.09.2024
iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi
21:52 / 13.09.2024