Ramatov federatsiyaning sobiq rahbarini tanqid qildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (sobiq O‘FF) yangi prezidenti Ochilboy Ramatov bugun o‘tkazilgan hisobot-saylov konferensiyasida sobiq rahbariyatni tanqid qildi.
«Obektiv yondashish kerak. Bundan buyog‘iga Toshkentdagi jamoalarga ham, viloyatlar jamoalariga ham birdek qarash kerak, hakamlar jamoalarni bir xil ko‘rishi kerak.
Namanganda «Navbahor» bilan «Paxtakor»ni o‘yinida adolatsizlik bo‘lganini o‘zim ko‘rganman. Keyin futbol federatsiyasi boshlig‘i borib kechirim so‘rab yuribdi.
Shunaqayam bo‘ladimi? Bunaqada ish bo‘ladimi? Yo tadbirkorlik qilish kerak, yo futbolga qarash kerak. Yo magazinda ishla, yo futbolni qil. Bu bozor emas-ku, to‘g‘rimi», deya O‘FA prezidenti so‘zlarini keltirdi «Tribuna» muxbiri.
Ramatov «Navbahor» va «Paxtakor»ning qaysi o‘yinini nazarda tutgani ma'lum emas.
Mavzuga oid
12:22 / 16.11.2023
Ochilboy Ramatovning parlament so‘roviga yuborgan javobi deputatlarni qoniqtirmadi
17:06 / 28.09.2023
Sergeli bo‘yicha hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?
11:27 / 28.09.2023
Sergelidagi portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
11:00 / 05.08.2023