Shoshilinch tibbiy yordam barcha tibbiyot muassasalarida bepul ko‘rsatilishi shart
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan Press-hall'ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan KUN.UZ muxbiri ma'lum qildi.
Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 fevraldan qo‘shimcha xizmat ko‘rsatgan tez yordami mashinasi haydovchilariga 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.
Bundan tashqari, shoshilinch tibbiy yordam barcha tibbiyot muassasalarida bepul tarzda ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish taqiqlanadi. Maxsus Call-markazlarni tashkil etish mo‘ljallanmoqda, ushbu markazlarda shifokorlar qo‘ng‘iroqlarga javob qaytaradi.
Qarorda aytilishicha, hayoti xavf ostida bo‘lganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatmagan tibbiyot muassasalari xodimlariga tegishli choralar ko‘riladi. Bundan tashqari, «Qamchiq» dovonining har 20-kilometrida shoshilinch tibbiy yordam xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, ko‘chma brigadalarni jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab qo‘yildi. 1 oy muddatda tez tibbiy yordam to‘g‘risida nizom ham tasdiqlanishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024