O‘zbekiston | 16:30 / 28.01.2018
49286
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Kechasi 10-15, kunduzi 2-7, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va  Sirdaryo  viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, Samarqand viloyatida qor yog‘adi. Kechasi 9-14, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Kechasi 7-12 daraja, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid