O‘zbekiston | 20:00 / 28.01.2018
65728
11 daqiqa o‘qiladi

Propiska bo‘yicha yengilliklar, misi chiqqan Farg‘ona hokimi, o‘zbek futbolida yangi davr va boshqa xabarlar

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlarini KUN.UZ dayjestida eslab o‘tamiz.

Haftaning eng muhim xabari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»dagi Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi.

Toshkentda endi ishga kirishda propiska talab etilmaydi va doimiy propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda «halol» standarti joriy qilinadi

Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazishga ikki yillik moratoriy e'lon qilinadi

Parlament Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini nazorat qiladi

 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalida vetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik unvoniga ega chiqqanlari bo‘ldi.

 

Bungacha hafta ichida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FF O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylantirildi. O‘FF prezidenti, MOQ raisi bo‘lgan Umid Ahmadjonov o‘z vakolatlarini topshirdi. Bosh vazirning birini o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylangan edi.

Foto: AFC

Shavkat Mirziyoyev futbolchilarni tabrikladi

Odil Hamrobekov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

G‘oliblar

Ravshan Haydarov O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda zafar quchgan uchinchi murabbiy bo‘ldi

 

Hafta davomida Aqto‘be qurbonlari xotirlandi, ularning dafn etish marosimlari o‘tkazildi. KUN.UZ marhumlar xonadonidan reportaj tayyorladi.

Aqto‘be fojiasiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv: Qabristonda do‘ppaygan mardlar gumbazi

Onalar yig‘isi, otalar anduhi

Aqto‘be oqibatlari bo‘yicha hukumat qarori: chiptalar narxi arzonlashtiriladi

Aqto‘be fojiasidan so‘ng. «O‘zbekiston temir yo‘llari» Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlarni yo‘lga qo‘ymoqda

 

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Aqto‘bedagi noxush hodisa oqibatlariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida Toshloq tuman aholisini haqorat qilgani haftaning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusiga aylandi

Foto: Kun.uz

Aks-sado: Farg‘ona viloyati hokimining haqoratlariga o‘zbekistonliklar munosabat bildirishmoqda

Oltin deb yurganing mis chiqsa...

 

Davlatlararo munosabatlar

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jahon banki bosh ijrochi direktori: «Bu yil o‘zbeklar chempionlar orasida

O‘zbekiston 134-davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Afg‘onistonlik yoshlar tahsil olish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishdi

Turkiyada o‘zbekistonlik talabalar birlashmasi tashkil etildi

Qoraqalpog‘istondagi tuman hokimi investorlarni Vetnamdan jalb qilmoqchi

Mirziyoyev Rossiya bilan atom energiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

 

Jamiyat

Foto: Getty Images

Samarqand va Valensiya shaharlari birodarlashadi

O‘zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun «Mening fikrim» onlayn petitsiya maydoni yaratiladi

Tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi

Andijonlik ayol birdaniga to‘rt o‘g‘il farzandli bo‘ldi

O‘zbekistonda milliy avtomobillar haqida animatsion film ishlanmoqda

 

Transport va logistika

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbari o‘zgardi

Chevrolet Orlando ishlab chiqarish to‘xtatiladi

Kobulda O‘zbekiston avtomobillari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi

GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark yetkazib bera boshladi

Afg‘onistondan Xitoyga Andijon orqali 3 kunda boriladi

Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive 2019 yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi

«Urganch – Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

 

Innovatsiyalar

O‘zbekiston yaqin kelajakda o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchiradi

Termizda «Innovatsiyalar va davlat xizmatlari markazi» ish boshlaydi

Bo‘lajak professor bilan suhbat: Korrupsiya, innovatsiya va siyosiy iqtisod haqida

Joriy yilning I choragida bankomatlar soni 595 taga yetkaziladi

Yuqori texnologiyali loyihalar 5 yilgacha soliqlardan ozod etildi

 

Propiska

Foto: Kun.uz

Toshkentda endi ishga kirishda propiska talab etilmaydi va doimiy propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi

Toshkentda uy-joyni propiskasiz rasmiylashtirish tartibi qachon ishga tushadi?

Ayni kunlarda Toshkent shahrida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hozircha doimiy propiskasiz amalga oshirilmaydi

O‘zbekistonga propiska bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishi nima beradi?

«Propiska» tizimi tadbirkorga ham ziyon keltirmoqda

 

Huquq-tartibot

Foto: Kun.uz

YPX va PPX xodimlari videokamera bilan ta'minlanadi

O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun alohida pasportlar beriladi, biometrik pasport muomaladan chiqariladi

Aliment to‘lashga majbur shaxsga xorijga chiqish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq qanday olib tashlanadi?

O‘zbekistonda Fuqarolik-protsessual kodeksi tasdiqlandi

Iqtisodiy protsessual kodeks tasdiqlandi. Qanday o‘zgarishlar bor?

 

Ma'rifat va qadriyatlar

Foto: Google

Qur'oni karim lotin alifbosida ham chop etiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston madaniy merosi obektlari yagona elektron bazaga kiritiladi

Toshkentda Islom akademiyasi Ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qur'on musobaqasining Xorazm viloyati g‘oliblari ma'lum bo‘ldi

Hajga yuborilish tartibi qanday kechadi?

 

Ta'lim

Foto: Uza.uz

Prezident farmoni: Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimi tubdan takomillashtiriladi

2019/2020 o‘quv yilidan kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi

Kasb-hunar kollejlarida ta'lim muddati minimumgacha qisqaradi

Kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimidagi muhim vazifalar belgilab berildi

Ta'lim sohasida soatbay haq to‘lash o‘rtacha 15 foizga oshirildi

 

Meditsina

Foto: Kun.uz

Shoshilinch tibbiy yordam barcha tibbiyot muassasalarida bepul ko‘rsatilishi shart

Yangi qaror: OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish tizimi yanada takomillashtiriladi

Endi ayrim onkologik kasalliklarni operatsiya qilish uchun Hindistonga borishga hojat yo‘q

 

Tahliliy maqola va yangiliklar

11 oylik chaqaloqning tanasidan 16 dona igna topildi

Ko‘prikda to‘xtash mumkin va mumkin emas: Navoiydagi haydovchilarni chalg‘ituvchi yo‘l belgilari

1 fevraldan avtomobillarda ayrim metan gaz ballonlardan foydalanish taqiqlanadimi?

«Ginness​ rekordini yangilayman»​. Navoiylik o‘quvchi barchani lol qoldirdi

TVdagi gaplar: Er o‘zga ayol, rafiqa sobiq sevgilisi bilan, otasini do‘pposlagan esa qahramon...​

Buxoroda odamlar nega saksovulzorlarni kesishga majbur bo‘lishmoqda?

 

MDH xabarlari

Foto: 2018@navalny.com

Rossiya bo‘ylab namoyishlar o‘tkazilmoqda, Navalniy yana qo‘lga olindi

Qozog‘istonda reys bo‘yicha qatnovchi barcha avtobuslar holati tekshiriladi

Qozog‘istonda 40 daraja sovuq tufayli maktablardagi darslar bekor qilindi

Turkmanistondan olib chiqib ketilayotgan maksimal valyuta miqdori 10 mingdan 3 ming dollarga qisqardi

Ashxobodda 700 metr keluvchi daryoga ega mehmonxona va hukumat tribunasi quriladi

Tojikistonda masjidlar endi daromadlari haqida hisobot beradi

Qozog‘iston 2030 yilgacha nimaga erishmoqchi ekani ma'lum bo‘ldi

Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus haydovchilari qo‘lga olindi

Tojikiston o‘z fuqarolarini Qozog‘istonga vaqtinchalik bormaslikka chaqirdi

Markaziy Osiyo davlatlarida chaqaloqlarga qo‘yilayotgan eng mashhur ismlar

 

Jahon xabarlari

Kobulda portlash yuz berdi. Qurbonlar soni yuzdan oshdi. Mamlakatda motam e'lon qilindi

Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyadan qachon ketishini aytdi

AQSh vitse-prezidenti elchixona Al-Qudsga qachon ko‘chirilishini aytdi

YeI kengashi ofshorlar «qora ro‘yxati»dan 8 davlatni chiqardi

Pentagon Turkiyani Suriyada «vazminlikka» chaqirdi

AQShda «Oskar» kinomukofotiga nominantlar e'lon qilindi

Hindiston 25 yilda nimaga erishmoqchi ekani ma'lum qilindi

Xitoy megapolislari aholisi 40 yil ichida birinchi marta kamaydi

Turkiya Afrindagi amaliyotlar bilan cheklanmaydi

Tramp Meyga yangi Cherchillga aylanishi mumkinligini aytgan

Tramp 2 mln migrantni AQSh fuqarosi sifatida tan olishga tayyor

Saudiyalik shahzoda hibsdagi hashamatli hayoti haqida gapirib berdi

 

Qiziqarli xabarlar

Barcha boylikning 80 foizdan ortig‘i Yer aholisining 1 foiziga tegishli

Dunyoda ishsizlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone XI suratlari paydo bo‘ldi

Dunyodagi eng xaridorgir smartfon nomi e'lon qilindi

Xitoyda yangi «Buyuk devor» paydo bo‘ladi

 

Sport xabarlari

G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib tayinlandi

Ravshan Haydarov O‘zbekistonning sara murabbiylari safiga kirdi

Samvel Babayan ishi prokuraturaga oshirilgan

Rishod Sobirov dzyudo federatsiyasi sport direktoriga aylandi

Suares «Barselona» tarixiga kirdi

Mino Rayola «MYu»ni tiz cho‘ktirdi. Sanchesni Mxitaryanga ayriboshlash yuzasidan 3 xulosa

O‘tgan mavsumda eng ko‘p pul ishlab topgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi

La Liganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Koutino debyut qilgan uchrashuvda «Barselona» rekordni yangiladi

AQSh Pyongchangga qishki Olimpiadalar tarixidagi eng ko‘p sonli terma jamoani yuboradi

Mavzuga oid