O‘zbekiston | 00:20 / 29.01.2018
36439
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident respublikaning har bir tumanida qiynalgan xotin-qizlar uchun 4 qavatli uylar qurishga ko‘rsatma berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, prezident mahallalarda diniy maslahatchilar lavozimi tugatilishi haqida ma'lum qilgan. Bunga ushbu lavozimdagilar hech kimga hisob bermagani, ularning faoliyati samarali bo‘lmagani sabab qilib keltirilgan.

Shuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish («ZAGS») vakolati Adliya vazirligidan Xotin-qizlar qo‘mitasiga o‘tkazilishi aytib o‘tilgan. 

Endilikda, har bir mahallada xotin-qizlar qo‘mitasi vakili bo‘ladi, ular qo‘mita tomonidan tayinlanadi va byudjyetdan maosh oladi. Har bir tumanda qizlarni turmushga tayyorlovchi bo‘limlar bo‘ladi.

Shuningdek, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida oila instituti tashkil etiladi.

Prezident respublikaning har bir tumanida qiynalgan xotin-qizlar uchun 4 qavatli uylar qurishga ko‘rsatma bergan, bunday uylar uchun to‘lovning 25 foizlik qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Mavzuga oid