O‘zbekiston | 12:12 / 31.01.2018
82710
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana zilzila ro‘y berdi

Bugun, 31 yanvar kuni soat Toshkent vaqti bilan 12:08da O‘zbekiston poytaxtida ketma-ket zilzila qayd etildi.

Toshkent shahri aholisi 3-3,5 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishgan. Bir daqiqa ichida zilzila qaytalandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning boshqa hududlarida ham yer silkinishi kuzatilgani haqida yozilmoqda.

«Toshkent» seysmostansiyasi «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, O‘zbekiston hududida shu vaqtda Afg‘oniston hududida ro‘y bergan 6,1 ballik zilzila kuchi sezilgan. Toshkentda zilzila kuchi 3 ballga teng bo‘lgan.

23 yanvar kuni tongida ham Toshkentda 4 balli zilzila ro‘y bergandi. O‘shanda zilzila markazi Qozog‘istonning janubidagi Sariog‘och tumani hududida joylashgandi.

Mavzuga oid