O‘zbekiston | 16:30 / 31.01.2018
167636
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MXX sobiq rahbari Rustam Inoyatovning tarjimai holi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, general-polkovnik Rustam Rasulovich Inoyatovning tarjimai holi:

Rustam Inoyatov Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tug‘ilgan. Otasi - Rasul Inoyatov, KGB polkovnigi.

1965 yildan 1967 yilga qadar Toshkent qurilish trestida betonchi bo‘lib ishlagan, shu bilan birga, universitetda ta'lim olgan. 1968 yilda Toshkent davlat universitetining eron filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Universitetni bitirganidan so‘ng SSSR armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida SSSR KGB xizmatiga qabul qilingan. O‘zSSR KGB, SSSR KGB Birinchi bosh boshqarmasida turli zobitlik lavozimlarida ishlagan.

1976 – 1981 yillarda – Afg‘onistonda diplomatik himoya ostida rezidentura xodimi.

1995 yilning 27 iyunidan – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi.

1996 yilda «general-leytenant» unvoni berilgan, 1999 yilda - «general-polkovnik».

1999 yildan O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi prezidenti sanaladi.

«Shon-Sharaf» ordeni sohibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketgani, Ixtiyor Abdullayev MXXning yangi raisiga aylangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid