Jamiyat | 19:49 / 03.02.2018
22468
1 daqiqa o‘qiladi

Hayvonot bog‘ida yo‘lbars qizchaning o‘yinchog‘ini “olib qo‘ymoqchi bo‘ldi” (video)

AQShning Tulsa shahrida (Oklaxoma shtati) joylashgan hayvonot bog‘idagi yo‘lbars 3 yoshli qizchaning o‘yinchog‘iga “ko‘z olaytirdi”, biroq yirtqichga “rejasini” amalga oshirishga oynavand to‘siq xalaqit qildi. 

Qizchaning onasi tomondan olingan videorolikda yo‘lbars to‘siqning narigi tomonida turgan o‘yinchoqqa tashlanganini, biroq uning urinishi shubhasiz besamar ketganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin u oyna oldida yotib, o‘yinchoqdan ko‘zini uzmagancha, uni panjalari bilan olishga harakat qiladi. 

Ushbu vaziyat ko‘pchilik guvohlarga xush kelgan. Kadr ortidagi ayollardan biri esa bu vaziyatni umrida ko‘rgan “eng yoqimli holat” deb atagan.

Mavzuga oid