Ilon Mask o‘tsocharlarni bojxona orqali olib o‘tishdan tashvishga tushdi va yechim topdi
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask tvitterdagi sahifasida bojxona xizmati bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun o‘zining Boring Company kompaniyasi tomonidan sotilayotgan o‘tsocharlar nomini o‘zgartirishga qaror qilgani haqida xabar berdi.
«Aftidan, ba'zi bojxona xizmatlari «o‘chsochar» nomli buyumni yuborishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida ma'lum qilishmoqda. Biz bu vaziyatni to‘g‘rilash uchun uni «o‘tsochar emas» deb qayta nomlaymiz», - deya yozgan Mask.
U muqobil variant sifatida o‘tsocharni «haroratni oshirish uchun qurilma» deb atash taklifi bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Ilon Mask o‘tsocharlar sotishni boshlamoqchi ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:34 / 10.10.2024
Ilon Mask Tesla tadbirida «kibertaksi»ni namoyish etadi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
15:21 / 06.10.2024
«U g‘olib bo‘lishi kerak». Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatladi
22:34 / 30.09.2024