Argentinalik futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun to‘pponchani “ishga soldi”
Argentina chempionatining pastki ligalaridan birida ishtirok etuvchi “Escuela Presidente Roca” klubining bosh murabbiyi Kristian Neyra unga futbolchilardan biri mashg‘ulot vaqtida to‘pponcha o‘qtalgandan keyin o‘z lavozimini tark etdi.
Klub futbolchisi Tsezar Pagani murabbiyga to‘pponchani o‘qtab, o‘zining asosiy tarkibga kiritilishini talab qilgan.
“Men bu klubda 45 yildan ko‘proq vaqtdan beri ishlayman, biroq men bilan bunday hodisa yuz bermagandi”, deb aytgan ushbu hodisadan karaxt holga tushgan murabbiy.
As nashri manbasi qo‘rquvga tushgan murabbiy o‘z lavozimini tark etganini tasdiqlagan. Ta'kidlanishicha, zo‘ravon futbolchi avval ham bir tanishidan jamoadoshiga tahdid qilishni so‘ragan.
Ushbu vaziyat politsiya tomondan tergov qilina boshlangan.
Mavzuga oid
16:12 / 23.10.2024
Argentinada soliq xizmati tugatildi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
23:23 / 30.08.2024