Rossiya «Boyqo‘ng‘ir» ijarasining deyarli 24 yili davomida Qozog‘istonga qancha mablag‘ to‘lagani ma'lum
Qozog‘iston «Boyqo‘ng‘ir» majmuasining ijarasi uchun o‘tgan yillar davomida 2 mlrd 645 mln dollar mablag‘ oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Bakitjan Sagintayevning parlament deputatlari so‘roviga javobida xabar qilinadi.
Hukumat rahbarining ta'kidlashicha, majmuani ijaraga berishdan olingan mablag‘larni ishlatish masalasi respublika byudjyet qonunchiligiga muvofiq hal qilinmoqda.
Bundan tashqari, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida 2004 yil 9 yanvarda imzolangan bitimga ko‘ra, qozog‘istonlik va rossiyalik mutaxassislar hamda tashkilotlar kosmodromda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda bir xil sharoitda ishtirok etadi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, muassasada ishlovchi Boyqo‘ng‘ir shahri aholisi fuqaroligidan qat'i nazar, RF qonunchiligiga muvofiq ish haqi oladi. Bunda Rossiya davlat sirlari bilan bog‘liq ishlar istisno sanaladi.
Ma'lumot uchun, Rossiya kosmodromni 1994 yildan beri ijaraga oladi.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024