4 metrlik bo‘g‘ma ilon sayyohlar ko‘z o‘ngida kiyikni yutib yubordi (video)
Shri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, uni yutib yuborgan 4 metrlik bo‘g‘ma ilonni videoga olishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Rolik yanvar oxirida mamlakatning janubidagi Bundala milliy bog‘ida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr keladigan ilon kiyikni naq bir soat davomida “tanovul qilgan”.
Bog‘ xodimining aytishicha, ilonning odamlar ko‘z o‘ngida o‘ljasini yutishi noodatiy hol hisoblanadi, chunki ular odamlar nigohini sezgach, o‘ljani tashlab “jo‘nab” qolishadi. Xodimning ta'kidlashicha, ulkan ilon endi bir necha oy “qornini to‘yg‘azish”ni o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Bundala milliy bog‘i xalqaro ahamiyatdagi tabiat obekti hisoblanadi. Qo‘riqxonada 324 turdagi umurtqali jonzot, jumladan 32 turdagi baliq, 15 turdagi amfibiya, 48 turdagi sudralib yuruvchi, 197 turdagi qush va 32 turdagi sut emizuvchi qayd qilingan. Bundan tashqari, bog‘da 52 turdagi kapalak va boshqa ko‘plab turdagi umurtqasizlar yashaydi.
Mavzuga oid
11:50 / 23.09.2024
Shri-Lankada so‘l kuchlar vakili prezident etib saylandi
23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi
09:30 / 29.06.2024
Shri-Lanka Rossiyadan urushda halok bo‘lganlar uchun tovon puli so‘radi
18:14 / 10.06.2024