Jamiyat | 19:11 / 06.02.2018
43213
5 daqiqa o‘qiladi

Uyqusiz 11 kun: 264 soat uxlamagan o‘quvchi tajribasi

Foto: Anews

1963 yilda butun Amerika diqqatini ikki o‘quvchining tajribasi tortdi. Ular uzoq vaqt davomidagi uyqusizlik insonning kognitiv qobiliyatlariga qanday ta'sir qilishini tekshirishga qaror qildilar. Natijada, ko‘ngilli bo‘lishga rozi bo‘lgan o‘smirlardan biri 264 soat davomida uxlamadi va Honoluludan bo‘lgan dijyeyning 260 soatlik rekordini yangiladi.

Tajriba 1963 yilning dekabr oyi oxirida boshlandi. Ikki o‘smir aql bovar qilmaydigan ishni qilishni xohladi va yakunda ular tananing uyqusiz holdagi ahvoliga e'tibor qaratdilar. Ular nafaqat uyqusizlik bo‘yicha jahon rekordini yangilamoqchi bo‘lishdi, balki paranormal qobiliyatlarga ta'sirni o‘rganishga intilishdi. O‘quvchilarda bunday keng ko‘lamli tadqiqotlar uchun yetarlicha malaka bo‘lmagan uchun, ular uyqu yetishmasligining kognitiv qobiliyatlar va basketboldagi ko‘nikmalarga ta'sirini o‘rganishga qaror qilishdi.

Foto: Anews

Ikki o‘smirdan qaysi biri ko‘ngilli bo‘lishini aniqlash uchun, do‘stlar shunchaki tanga tashlashdi va tanlov 17 yoshli Rendi Gardnerga tushdi. Uning jamoadoshi Bryus Makkalister ham uxlamasligi lozim edi, sababi u do‘sti holatini kuzatib bordi. So‘nggisining ta'kidlashicha, uch uyqusiz kechadan so‘ng, u devorga eslatmalarni yozishga urinayotgan paytda o‘ziga kelgan. Natijada do‘stlar ularga yordamchi kerak, degan qarorga kelishdi, shuning uchun do‘stlari Jo Marchianoni ishga jalb qilishdi, keyinchalik esa ularning safiga uyquni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi, Stenford professori Uilyam Dement ham qo‘shildi.

Foto: Anews

O‘shanda olim uyqu bo‘yicha ilk tadqiqotchilardan biri edi va gazetada o‘smirlar haqida eshitib, darhol yordamga keldi. Rendining ota-onasi o‘g‘lining ahvolidan tashvishga tushganlari uchun yordam berishga qaror qildi, sababi o‘shanda uyqusizlikning o‘limga olib kelishi mumkinligi haqida hali hech narsa ma'lum emas edi. Shunisi e'tiborga loyiq-ki, o‘smirning uyqusizligi hech qanday rag‘batlantirilmagan va qandaydir dori-darmonlarni ishlatish ehtimoli hatto muhokama qilinmagan, ammo ba'zan o‘smir biroz kola ichgan.

Foto: Anews

Uyqusizlikning odam imkoniyatlariga ta'sirini tekshirish uchun Rendidan vaqti-vaqti bilan ta'm va hidni farqlash, shuningdek, basketbol o‘ynash qobiliyatlarini ko‘rsatib berishni so‘rashgan. O‘smir uxlamaslikka uringan holda maydonchada uzoq vaqt qolgan, shuning uchun mashg‘ulotlar tufayli uning mahorati sezilarli darajada yaxshilandi. Rendi basketbol yoki boulingni ko‘p o‘ynardi, chunki faqatgina harakat unga uxlamaslikka yordam berdi.

Foto: Anews

Tajriba rivojlangani sari, u ko‘proq ommaviy axborot vositalarining e'tiborini tortdi va bir vaqtning o‘zida barcha gazetalar Kennedining o‘limiga, AQShga The Beatles tashrifi, shuningdek, o‘smirlarning tadqiqoti haqida yozgan. Makkalisterning ta'kidlashicha, ko‘pincha ularning ishi o‘smirlarning o‘yinlari sifatida qabul qilingan. Yakunda tajriba uyqusiz 264 soatlik ko‘rsatkichda tugadi, ammo u yakunlanganidan so‘ng Rendi Gardner miya ishini tekshirish uchun harbiy shifoxonaga darhol olib ketildi.

Foto: Anews

Tajribadan keyingi birinchi kun Gardner 14 soat davomida dam oldi va unda tez uyqu fazasi juda uzoq bo‘ldi. Keyin u kamaya boshladi va oxir-oqibat normal holatga qaytdi. Tadqiqot materiallari Arizonaga tahlil qilish uchun yuborildi va ma'lum bo‘lishicha, o‘smir miyasining ba'zi qismlari butun tajriba davomida uyquda, boshqalari esa, aksincha, uyg‘oq bo‘lgan. Shunday qilib, miya ba'zi qismlarga dam olish va ish samaradorligini saqlab qolish imkonini bergan.

Foto: Anews

Uyqusiz kechgan 11 kun Rendi sog‘lig‘iga ta'sir qilmagan bo‘lsada, keyingi yillarda u uyqusizlikdan azob chekdi. Rekord o‘rnatilgandan so‘ng, Ginnes rekordlar kitobi yangi tashabbuslarni qabul qilishdan bosh tortdi, chunki bunday tajriba odam salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid