Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 200 dan ko‘proq odam jabr ko‘rdi
6 fevralda Tayvanning Xualyan uyezdida mahalliy soat bilan 23.50da (Toshkent vaqti bilan soat 20.50da) 6,5 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 11 km chuqurlikda bo‘lgan. Xitoy seysmologik markazi bu zilziladan keyin magnitudasi 4,5 dan yuqori bo‘lgan kamida 5 ta va 5,2 dan yuqori bo‘lgan 2 ta aftershok qayd qilgan.
Zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Umumiy hisobda 219 kishi jabrlangan, 173 kishi aloqaga chiqmayapti.
Zilzila jiddiy vayronalarga olib kelgan. Xualyan shahrida kamida 5 ta bino, jumladan 11 qavatli mehmonxona va harbiy gospital qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, birinchi 3 ta qavati qulagan mehmonxonada ko‘plab odamlar qolib ketgan, ulardan 116 nafarini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Tabiiy ofat oqibatida transport tizimi va elektr ta'minoti tizimida muammolar vujudga kelgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Xualyandagi ko‘prikka ham ziyon yetgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, unda harbiylar, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, tibbiy xodimlar va politsiya itlari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
23:29 / 15.08.2024