Jamiyat | 18:15 / 09.02.2018
52670
2 daqiqa o‘qiladi

3 bolani o‘ldirgan «manyak» qamoqqa olindi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalarni qasddan o‘ldirgan “manyak”, ya'ni, qotil haqida xabarlar tarqaldi. KUN.UZ ushbu ish ayni damda qanday bosqichda ekaniga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi. 

Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimovaning aytishicha, haqiqatdan ham Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan uch nafar voyaga yetmagan fuqarolarning qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergovda aniqlanishicha, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Xonobod” MFYda yashagan Zohid Otaboyev 2003 (Sh.M.), 2005 (Yo.U.) va 2014 (O.S.) yilda tug‘ilgan voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan. Z.Otaboyev ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda zarur tezkor tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», - deya aytib o‘tdi G.Rahimova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani hududida turli yillarda bedarak yo‘qolgan 3 bola o‘g‘irlab ketilib, bir shaxs tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid