Afg‘onistonda 2017 yilda ko‘knor ekilgan yerlar maydoni 60 foizga ko‘paygan
2017 yilda Afg‘onistonda ko‘knor ekilgan yerlar maydoni 2016 yilga nisbatan 60 foizga ko‘paygan. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov TASS axborot agentligigiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Kabulovning ta'kidlashicha, ko‘knor shirasi – opiy ishlab chiqarish esa 90 foizga oshgan va “rekord” natija bo‘lgan.
Kabulov Afg‘onistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat ham murakkablashganini qayd qilib o‘tgan. “Bir qator yirik teraktlar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida Balx viloyatida 2017 yil 21 aprelda armiya korpusi bazasiga hujum alohida ajralib turadi. Bu terakt 250 dan ko‘proq harbiyning o‘limiga olib kelgan. Shuningdek, may oyida Kobulda yuk mashinasi portlatilishi va shialarga qarshi bir qator teraktlar bo‘lgan”, deb aytgan Kabulov.
Mavzuga oid
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024