Fan-texnika | 12:27 / 09.02.2018
7753
2 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp o‘z to‘lov tizimini ishga tushirdi

Foto: Global Look Press

WhatsApp messenjeri smartfon orqali xizmatlar va xaridlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi WhatsApp Pay servisini ishga tushirdi. Telecomtalk.info shu haqida xabar berdi. 

Yangi servis hozircha messenjerning iOS va Android'dagi beta-versiyasida ishga tushirilgan, shunday ekan, pul o‘tkazmalarini faqat WhatsApp Pay hamyonlari orqali amalga oshirish mumkin.

Yaqin vaqt ichida ishlab chiqaruvchilar tizim imkoniyatlarini kengaytirib, foydalanuvchilar boshqa servislar bilan ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi cheklovlarni yo‘q qilishmoqchi. 

WhatsApp Hindistonning yetakchi banklari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Foydalanuvchilar messenjerning to‘lov tizimini bank kartasi bilan sinxronizatsiyalash imkoniga ega bo‘lishdi. 

Bundan tashqari, WhatsApp biryo‘la 5 suhbatdosh bilan ovozli aloqaga chiqish imkonini beruvchi yangi funksiyani yo‘lga qo‘ygan. Mazkur imkoniyat messenjerning Android uchun 2.18.39 versiyasida paydo bo‘lgan. Biroq yangi funksiya hozircha sinov jarayonidan o‘tmoqda. 

Mavzuga oid