Jahon | 08:30 / 10.02.2018
7829
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda kuchli qor yog‘ishi tufayli 1,5 mingga yaqin aviareys bekor qilindi

Foto: Usatoday

9 fevralda AQShda murakkab ob-havo sharoiti tufayli Detroyt va Chikago aeroportlarida 1,5 mingga yaqin aviareys bekor qilindi. Bu haqda USA Today nashri ma'lum qildi. Yana shuncha reys ushlab qolingan.  

Kuchli qor Chikagodagi O'Xara va Miduey hamda Detroytdagi Metropolitan Ueyn xalqaro aeroportlari faoliyatini izdan chiqargan. 

Aviakompaniyalar tegishli to‘lovlarsiz chiptalarni boshqa sanaga bronlashga ruxsat berishgan.

Chikago va Detroytda maktablar yopilgan, o‘quvchilarga ko‘chaga chiqmaslik aytilgan.

Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, bu ikki shaharda 20 smdan ko‘proq qor yog‘ishi mumkin.  

Mavzuga oid