Janubiy Sudanda qishloqning qayta nomlanishi 15 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Janubiy Sudanning Jongley shtatida qishloq nomi o‘zgartirilishi sababli klanlar (jamoalar) o‘rtasida chiqqan to‘qnashuvlarda kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakiliga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Klanlararo to‘qnashuvlar 7 fevralda boshlanib, 8 fevralda ham davom etgan. Oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi”, deb aytgan shtat rahbariyati vakili Jkob Akech Deng.
Kolang-Payam aholi punktida bir klan qishloq nomlanishi deb chiqqan bahsda dekabrda sodir etilgan qotillik uchun o‘ch olish maqsadida boshqa klanga hujum qilgan. Shuningdek, yaylovlarga egalik qilish uchun ham mojaro chiqqan.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabrda Niara va Abii klanlari o‘rtasida yaylovlarga egalik qilish mojarosida 22 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan.
Mahalliy hokimiyat xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Mavzuga oid
22:50 / 16.12.2022
Janubiy Sudan prezidenti ommaviy tadbirda ishtonini ho‘llab qo‘ydi
20:00 / 27.01.2022
O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Sudanni yirik hisobda yengdi
18:51 / 14.12.2021
Janubiy Sudanda yuzga yaqin kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
07:49 / 23.08.2020