Jahon | 09:42 / 12.02.2018
7164
1 daqiqa o‘qiladi

Le Pen keyingi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish yo‘lini topdi

Foto: marianne.net

Fransiyadagi «Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen partiya nomi o‘zgarishi haqida e'lon qildi. Bu, uning fikricha, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga yordam beradi. U bu haqda Europe 1 radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Biroq, Le Pen partiyaning yangi nomini oshkor etmadi. Ammo, uning ta'kidlashicha, partiya yo‘nalishi o‘zgarmaydi.

«Biz hech narsadan voz kechayotganimiz yo‘q – biz tariximizda yangi sahifani ochmoqdamiz», - deya ma'lum qildi Le Pen.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «Milliy front»ni Fransiyada keyingi prezidentlik saylovlarida ko‘pchilik ovozni to‘play oladigan siyosiy muxolifatga aylantirmoqchi.

Mavzuga oid