Ayol yukini hech kimga ishonmay u bilan rentgen qurilmasi ichiga kirib ketdi (video)
Xitoyning Guandun viloyatidagi Dunguan temir yo‘l stansiyasida ayol yo‘lovchi xavfsizlik xizmati xodimlariga o‘z yukini ishonmay, u bilan birga yuklarni tekshiruvchi rengtgen qurilmasi ichiga kirib ketgan. Ayol uning buyumlari qurilma ichidan o‘tayotganda yo‘qolib qolishi mumkinligidan xavotirlangan.
Ayol o‘z organizmini rentgen nurlanishga duchor qilmaslik haqidagi tavsiyalarga qaramasdan, o‘zinikida turib olib, yuki bilan birga rentgen qurilma ichidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Videoda ayolning rentgen qurilmasi ichiga kirishiga taraddudlanayotgani, sharpasi qurilma monitorida ko‘ringani va qurilmadan chiqib kelayotganini ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, ayolning sumkasida yirik miqdorda pul bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:05 / 13.08.2024
Toshkent Markaziy vokzali ishi 16 avgustdan tiklanadi
07:16 / 10.07.2024
«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati 1 oy to‘xtatiladi
09:10 / 03.04.2024
Taksida bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi ma’lum qilindi
10:12 / 21.03.2024